Non qayerdan keladi?

Axborot muallifi: Baykeldiyev J.

Qo`shilgan sana: 2016-02-21

Dars mavzusi: Non qayerdan keladi?

 

Maqsadlar:

Ta’limiy: o’quvchilarni Qambar O’tayevning “Non qayerdan keladi?” she’ri bilan tanishtirish.

 

Tarbiyaviy: nonning aziz ne’mat ekanligini uqtirish, uni uvol qilmaslikka o’rgatish, she’r orqali o’quvchilarda nonni e’zozlash va qadrlash hissini rivojlantirish

 

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ifodali o’qish malakalarini va non tayyorlash mashqi jarayonida qo’l harakatini rivojlantirish.

 

Dars turi: yangi bilim beruvchi, noan’anaviy.

 

Dars metodi: guruhlarda amaliy ishlash, aqliy hujum, o’z – o’zini boshqarish, klaster metodi.

 

Didaktik vositalar: non turlari aks etgan rasmlar, rubob, o’quvchilarga tanishtirish uchun bug’doy, un va tarqatmalar.

 

Texnik vositalar: proektor, ekran, kompyuter, disk.

 

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)

(O’quvchi tomonidan dars nomi va kun hikmati e’lon qilinadi. O’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.)

 

Dars nomi: “Non – eng aziz me’mat”

Kun hikmati:

Non aziz, eng halol.

Non serob bemalol.

Bo’lmasin hech uvol.

Uvog’ini terib ol.

 

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)

 

O’tgan darsda o’tilgan mavzu:

Bo’lim yuzasidan takrorlash:

Qish bo’limi. O’quvchilar

Tursunoy Adashboyevning “Qish” she’rini yoddan aytishdi. “Qish” haqida topishmoqlar aytildi.

Qish haqida maqollar so’raldi. O’quvchilar tezkorlik bilan javob berishdi.

O’tilgan mavzu “Qor” qo’shig’I bilan, dam olish daqiqasi orqali o’z – o’zini baholash usuli orqali aniqlandi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish (20 daqiqa)

(O’quvchi bugungi mavzuni e’lon qiladi va o’quvchilarni guruhlarga ajratadi.)

I – guruh: Bilimdonlar:

Sardori – Nurmatova Jasmina.

Shiori – Bilimdonlar – bilag’onlar.

 

II – guruh: Zukkolar:

Sardori – Safarova Malohat.

Shiori – Bilimdonlarga oq yo’l.

 

III – guruh: Quvnoqlar:

Sardori – Sanginova Gulnoza.

Shiori – Quvnoqlarga quvonch yor bo’lsin.

 

O’qituvchi: - Bugun darsda shoir Qambar O’tayevning “Non qayerdan keladi?” she’rini o’tamiz.

“Aqliy hujum” metodi o’tkaziladi.

“Bebaho boylik” deganda nimani tushunasiz?

- Bolalar javob beradi.

  1. Ona Vatan
  2. Vaqt
  3. Ona tabiat
  4. Ota – ona, oila
  5. Non
  6. Bilim
  7. Mehnat
  8. Hayot
  9. Sog’lik

O’quvchilarning javobi tinglandi, umumlashtirildi. Ekranda ovozli slayd nomoyish etiladi. Unda Namanganning shirmoy nonining tayyorlanishi va uning tayyor holda dasturxonimizga yetib kelguncha bo’lgan jarayon hikoya qilinadi.

She’r o’qituvchi tomonidan ifodali qilib o’qib beriladi.

So’ng har bir guruh o’quvchilari she’rni qismlarga bo’lib, ifodali o’qiydilar.

 

Non qayerdan keladi?

1-guruh

Uyga kelganda mehmon

Oyim yozar dasturxon

Oldiga non qo’yishar

Eng avval non yeyishar

Mehmon uyga yo’l olar

To’g’ram – to’g’ram non qolar…

Yuz yoshdan oshgan bobom

Dadamlarga der: - Bolam,

2-guruh

Non qayerdan keladi,

Bular qayerdan biladi?

Qurip, qopga solib qo’y

Nobud qilma, olib qo’y.

Bolalar ko’chamizda

Qish, bahor yoz-u kuzda

Non yeb yurishar, gohi

Tushar yerga ushg’i

 

3-guruh

O’yga tolib qolar jim

To’qsonga kirgan buvim

Ko’ziga yosh oladi:

- Non qayerdan keladi

Bular qaydan biladi?

Bobomlar qotgan nonni

Boqsam, qiynalib joni

Hovonchalarda tuyar,

Ushog’in o’pib qo’yar

 

Lug’at ustida ishlash va ohangdosh so’zlarni toppish guruhlarga vazifa qilib beriladi.

Ohangdosh so’zlar.

 

Qo’yishar – yeyishar

Yo’l olar – non qolar

Solib qo’y – olib qo’y

Keladi – biladi

 

Lug’at ishi:

Hovoncha – qotgan nonni solib tuyuladigan idish.

Shar umumiy birgalikda tahlilqilinadi.

Non – qadim – qadimdan ulug’lanib, har bir xonadonda muqaddas va aziz hisoblangan ne’mat. O’qituvchi bu haqda hikoya qilish jarayonida ekranda non turlari aks etgan rasmlar namoyish etiladi. Endi doskada 3 guruhga bo’lingan chizilgan plakatlarda klaster usulidan foydalangan holda vazifa bajariladi. Bunda har bir guruh uchun masalan “Bilimdon” guruhi uchun “Non turlari”ni yozish kerak. “Zukkolar” guruhi uchun “Taom turlari” va “Quvnoqlar” guruhi uchun “Non mahsulotlari” turlarini yozib chiqish kerak.

3-la guruh baholanadi.

 

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

“Moykulcha” qo’shig’I rubob jo’rligida ijro etildi.

 

“Amaliy ish” metodi. Bu metod mehnat faniga bog’langan holda o’tkaziladi. O’qituvchi o’quvchilarga oldindan tayyorlab kelingan xamir bo’laklaridan beradi va bu xamirdan non yasash mumkinligini aytib, uning tarkibini tushuntiradi.

 

O’qituvchi: - Non xamirini tayyorlash uchun, dastlab suvni ilitib, unga tuz, xamirturush, so’ngra un solib qoriladi. Yaxshilab qorilgan xamirni oshirish uchun uni maxsus qalin dasturxonga o’rab, ikki soatga dam oldirib qo’yiladi. Qo’limizdagi xamir ham ana shunday oshirilgan bo’lib, shuni sizlar bilan undan non yasaymiz.

 

O’qituvchi: - Qani aytingchi, bolalar, bu non shakliga o’xshaydimi?

- Ha (bolalar bir ovozda javob berishadi)

 

O’qituvchi: - Non ko’rinishi matematika fanidagi qaysi shaklni eslatyapdi?

 

O’quvchilar: - Doira.

 

O’qituvchi: - Barakalla bolalar, keeling unda sizlar ham qo’lingizdagi xamirdan shunday non yasashga harakat qilib ko’ring. (o’quvchilar 3 guruhga bo’linadi eng faol bo’lgan o’quvchilar tanlanib ikki daqiqa vaqt mobaynida non yasashga kirishadilar)

 

O’qituvchi: - Barakalla bolalar, siz juda chiroyli non yasadingiz

 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)

 

       
 

uvog’i …

uvog’i

 

…. non

ham non

….. ning

nonning

 

 

 

 

 

Har uchala guruhga mazkur bo’g’inlarni birlashtirib, ulardan qanday maqol hosil bo’lishini toppish vazifasi beriladi. “Nonning uvog’I ham non” maqolini non haqidagi o’zlari bilgan birorta she’rga bog’langan holda izohlab beradi. Dars boshida e’lon qilingan kun hikmatiga oydinlik kiritiladi.

Non aziz – eng halol

Non serob, bemalol

Bo’lmasin hech uvol

Uvog’ini terib ol.

 

V. O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish (5 daqiqa)

Bu bosqichda darsda va amaliy ishda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirildi, baholandi.

 

VI. Uyga vazifa. Q.O;tayevning “Non qayerdan keladi?” she’rini yod olish.

 

Xulosa: boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik, mehnat, musiqa, o’qish, rasm va ona tili fanlari bog’langan holda olib borilsa, o’quvchilar ijodkorligi va dars samaradorligiga erishish imkoniyati oshadi. Buning uchun pedagogdan boshqa fanlar bilan bog’liq jihatni darsda o’rinli va kerakli uslubda qo’llay bilish talab qilinadi.

 

(28) marta o`qildi