Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Axborot muallifi: Baykeldiyev J.

Qo`shilgan sana: 2018-11-13

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi 

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida maktab Xuquqshunoslik fani o‘qituvchisi  Qurbonov J. va Qurbonov H.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yozilish tarixi, o‘ziga xos xususiyatlariga kengroq to‘xtaldi.
Asosiy qonunimizda belgilangan normalarning xayotda amaliy ifoda topishida o‘sib kelayotgan yosh avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarning mazmun moxiyati to‘g‘risida xuquqiy bilimga egaligi, xuquqiy ongi va xuquqiy madaniyatining yuksakligi muhim rol o‘ynaydi. Shuni hisobga olib, davlatimiz ta’limning barcha tizimlarida xuquqiy ta’lim va tarbiyani yanada yaxshilashga ustivor vazifa sifatida aloxida e’tibor berib kelmoqda.

Ayniqsa, Respublika Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu farmoyishdan kelib chiqib, ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini xisoblangan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quv muassasalari o‘quvchilarining Konstitutsiya to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilimlarini boyitish hamda mustaxkamlash maqsadida O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘rganish kursi kiritildi.
Maktab o`quvchilari ushbu o‘quv kursi asosida asosiy Qonunimiz to‘g‘risida chuqur va mukammal bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Konstitutsiyani mamlakatda yashayotgan barcha insonlar, u xox yosh bo‘lsin, xoh keksa bo‘lsin birday o‘rganishi, bilishi amal qilishi va xurmatlashi kerak. Chunki Konstitutsiya bilan yaqindan tanishish va bevosita o‘rganish orqali o‘z xuquqimiz, erkinlik va burchimizni zamon talablari darajasida o‘rganamiz.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining  qadr qimmatini xech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Unda mustaxkamlangan qoidalarda xalqning, millatning, qolaversa bizning xuquq va erkinligimiz mujassam. Shunday ekan xar birimiz Konstitutsiyani o‘z tayanchimiz va suyanchimiz deb bilishimiz  kerak. Zero xuquqni bilish Konstitutsiyani bilishdan boshlanadi.

(60) marta o`qildi